"Yosh kitobxon oila" tanlovi

Yosh oilalarni kitob o‘qishga chorlash hamda kelajakda ziyoli oilalar sonini ko‘paytirish va yosh oilalarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish maqsadida tashkillashtirilmoqda
  • 24
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Yoshlar ishlari agentligi

Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 30-may 2021-yil

Xabaringiz bor,  yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yosh kitobxon oila” tanlovi e'lon qilingandi.

Tanlov uchun zarur adabiyotlarni  ushbu havola orqali  yuklab olishingiz mumkin.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi.

Birinchi bosqich, tanlovning arizalar qabul qilish va saralash bosqichi bo‘lib, unda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh oilalardan arizalar onlayn qabul qilinadi va ishtirokchilar test sinovi asosida saralanadi.

Tanlovga arizalar 2021-yilning 30-may kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Test sinovi may oyida o‘tkaziladi. Unda ariza topshirgan yosh oilalar ilmiy-ommabop, o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga javob beradi.

Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan belgilanadi.

Test natijalariga ko‘ra tuman (shahar)lar kesimida eng ko‘p ball to‘plagan  2 ta oila (2 tadan ko‘p oilalar o‘rtasida qayta test olish orqali saralanadi) ishtirokchilar keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ikkinchi bosqich tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, iyun-iyul oylari davomida quyidagi 2 ta shart bo‘yicha kasting asosida o‘tkaziladi:

1-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.

Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 4 ta savolga 4 ta javob berish so‘raladi (oila a’zolaridan 2 ta savolga er, 2 ta savolga xotin javob berishi shart). Ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Ishtirokchilar savollarni bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, har bir savolga javob berish uchun 1 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.

2-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.

Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid epizod o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchidan ushbu asar nomini topishi hamda uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi. Asar nomi to‘g‘ri topilganda 50 ball qo‘yiladi (topilmasa 0 ball) hamda ishtirokchiga asar nomini topaolmasa ham sharhlash imkoniyati beriladi va 50 ballgacha baholanadi.

Ikkita shart bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan bitta yosh oila Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Uchinchi bosqich tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib, iyul oyida teletanlov shaklida, quyidagi 3 ta shart asosida o‘tkaziladi:

1-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.

Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid epizod o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchidan ushbu asar nomini topishi hamda uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi. Asar nomi to‘g‘ri topilganda 50 ball qo‘yiladi (topilmasa 0 ball) hamda ishtirokchiga asar nomini topaolmasa ham sharhlash imkoniyati beriladi va 50 ballgacha baholanadi.

2-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.

Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 4 ta savolga 4 ta javob berish so‘raladi (oila a’zolaridan 2 ta savolga er, 2 ta savolga xotin javob berishi shart). Ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Ishtirokchilar savollarni bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, har bir savolga javob berish uchun 1 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.

3-shart. “Erkin mavzu”.

Ushbu shartda ishtirokchilar Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan mavzulardan birini bilet tortish orqali tanlaydi va ushbu mavzuda monolog yoki ma’ruza tayyorlash orqali o‘z fikrini bayon qilib berishi so‘raladi.

Ishtirokchilarga (faqat erkaklar ishtirok etadi) tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.

Tanlovning saralash, hududiy va respublika bosqichlari bo‘lib o‘tadigan joyi, sanasi Respublika ishchi guruhi tomonidan belgilanadi hamda 3 kun oldin ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.

Tanlovlar jarayonida foydalaniladigan savollar va testlar majmuasi Ekspertlar komissiyasi tomonidan tanlovning barcha bosqichlari uchun alohida tuziladi, maxsus konvertlarga solinib muh

Tanlovlar jarayonida foydalaniladigan savollar va testlar majmuasi Ekspertlar komissiyasi tomonidan tanlovning barcha bosqichlari uchun alohida tuziladi, maxsus konvertlarga solinib muhrlanadi hamda joylarga yetkaziladi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash

Hududiy bosqich g‘oliblarini taqdirlash tartibi:

Birinchi o‘rin – kir yuvish mashinasi, maxsus diplom bilan

Ikkinchi o‘rin – televizor, maxsus diplom bilan

Uchinchi o‘rin – kitoblar to‘plami, maxsus diplom bilan

Hududiy bosqichning qolgan barcha qatnashchilari maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

 Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tartibi:

Birinchi o‘rin – “Prezident sovg‘asi” 1 dona yengil avtomashina, kitoblar to‘plami, maxsus diplom;

Ikkinchi o‘rin – 1 dona kompyuter jamlanmasi, kitoblar to‘plami, maxsus diplom;

Uchinchi o‘rin – kitoblar to‘plami, maxsus diplom;

Respublika bosqichining qolgan barcha ishtirokchilari maxsus diplom va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling