Xorazmlik 12 dan 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qizni oʻqitish boʻyicha “TechBika” yangi maʼrifiy loyihasi

Loyihaning maqsadi- 1000 nafar o’quvchi qizlarni axborot texnologiyalari va xar xil soxalar bo’yicha keng qamrovli o’quv dasturi orqali yuqori malakali mutaxassislar tayorlash.
  • 103
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Xorazmlik 12 dan 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qizni oʻqitish boʻyicha “TechBika” yangi maʼrifiy loyihasi

Tashkilotchi:  O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park xamda Xorazm viloyati hokimligi.

O'tkazilish sanasi: 1-martdan boshlanadi

Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 1-martr 2021-yil 

Loyihaning maqsadi- 1000 nafar o’quvchi qizlarni axborot texnologiyalari va xar xil soxalar bo’yicha keng qamrovli o’quv dasturi orqali yuqori malakali mutaxassislar tayorlash.

Loyiha auditoriyasi:

  • Maktab bitiruvchi qizlari;
  • Oliy ta’lim muassasalarining talaba qizlari;
  • Oliy ta’lim muassasasiga kira olmagan abituriyent qizlar;
  • 12 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan kam ta’minlangan va ehtiyonjmand qizlar.

Loyiha vazifasi, qizlarni bo’sh o’rinlar bilan ta’minlash.

“TechBika” loyihasini amalga oshirish mexanizmi 4 boqichdan iborat:

 1 bosqichda professional ta’lim va IT-mutaxassislarni tayorlash uchun 8 ta yo’nalish bo’yicha kompleks o’quv dasturi tashkiletilgan:

  • Ingliz tili;
  • Kompyuter savodxonligi;
  • Dasturlash;
  • Loyihalar boshqaruvi;
  • Robototexnika;
  • Freelancing;
  • Grafik dizayn;
  • “Bir million dasturchi”

2 bosqichda iqtidorli qizlar uchun “Start-up” loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishida yordam berish.

3 bosqichda ish bilan ta’minlash va o’z-o’zini ish bilan ta’minlashga yordam berish, ya’ni freelancing.

4 bosqich, o’quv dasturi oxirida iqtidorli qizlarni rag’batlantirish.

Dasturga qabul qilish uchun matematika va informatika fanlaridan test olinadi va yuqori baxo olgan qizlarimiz o’quv kurslarimizda o’qish imkoniga ega bo’lishadi.

Dastur davomiyligi: 8 oy

Mashg‘ulotlarning intensivligi: haftasiga 3 marta, kuniga 1,5 soatdan.

O’qish 2 smenada amalga oshiriladi.

Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan oquvchilarga bilimlarini tasdiqlovchi sertifikatlar taqdim etiladi.
 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling