Tashkilotchi: AQSh Davlat departamentining Ta'lim va madaniyat ishlari byurosi
Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 15.01.2021
TechGirls – Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida yashovchi qizlarni ilm-fan va texnologiyalar sohasida ish yuritishga ragʻbatlantirish va ilhomlantirishga qaratilgan xalqaro yozgi almashinuv dasturidir.
TechGirls 2021 dasturi talablari:
Quyidagi talabalar dasturda ishtirok etishi mumkin:
- Oʻzbekistonlik qizlar;
- Almashuv dasturi boshlanishida 15-17 yosh. Diqqat: 2021-yilning 1-iyuni kuni siz 15 yoshdan kichik yoki 17 yoshdan katta boʻlsangiz, dasturda ishtirok eta olmaysiz.
- Texnologiya, injiniring (muhandislik) va/yoki matematika sohalarida ilgʻor tajriba va jiddiy qiziqishga ega;
- Aniq fanlar yoki texnologiya sohasida oliy maʼlumot olish yo mehnat qilishni koʻzlagan;
- Ingliz tilini puxta oʻzlashtirgan;
- Oʻtkir zehnli, moslashuvchan va ochiq fikrli;
- Vatanga qaytib kelgach, oʻrta maktabda aqalli bitta qoʻshimcha semestr oʻqishi; va
- Uyga qaytgach, jamoada biron foydali loyihani amalga oshirishni koʻzlashi lozim boʻladi.