Tashkilotchi: Oli va o'rt maxsus ta'lim vazirligi
O'tkazilish sanasi: 2-mart
Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 1-fevraldan 28-fevralga qadar
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining logotipini yaratish boʻyicha vazir buyrugʻi imzolandi.
Oʻz ijodingiz va kreativ gʻoyalaringiz bilan Apple iPhone 12 Pro Max smartfoniga ega boʻlishni qoʻldan boy bermang!
Tanlovda texnikum, akademik litseylar oʻquvchilari va talabalar hamda 30 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilarimiz ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov shartlari:
-vazirlikning faoliyati va ahamiyatini falsafiy ifoda etish;
-betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega boʻlishi hamda undan ramz sifatida foydalanish mumkinligi;
-zamonaviy, oʻziga xos, oson tanib olinadigan va noanʼanaviy shaklga ega boʻlishi lozim.
Tanlovga loyihalar taqdim etish tartibiga koʻra:
har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki koʻrinishda – PNG va JPG formatda logo@edu.uz elektron pochta manziliga yuborilishi talab etiladi.
Logotip Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida tashkil etilgan Hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi.