Tashkilotchi: O'ZAGROSUG'URTA
Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 16-martdan 10-aprelga qadar
Tanlovda ishtirok etish shartlari:
Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasining voyaga yetgan fuqarolari, yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etish huquqiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bepul. Har bir ishtirokchi tanlovning ishtirokchilar uchun qoʻyilgan barcha talablarini bajargan holda, uchtadan ortiq loyihalarni taklif qilishlari mumkin emas.
Nom va logotip uchun qoʻyiladigan talablar
Jamiyatning yangi nomi va logotipini yaratishda quyidagi talablar qoʻyiladi:
- intellektual faoliyat obyekti sifatida roʻyxatdan oʻtmagan boʻlishi, savdo belgilari, savdo markazlari, xizmat koʻrsatish belgilari va nomlariga oʻxshamasligi;
- taqdim qilingan loyiha mukofotlanmagan, boshqa kompaniya va tashkilotlar uchun ilgari taklif qilinmagan va foydalanilmagan boʻlishi;
- umumiy qabul qilingan madaniy va estetik meʼyorlarga zid boʻlmasligi;
Batafsil rasmiy havola orqali bilib olishingiz mumkin.