“МедИАЦия” yosh analitiklar laboratoriyasi: Millatlararo haftaligi

Ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi. Gʻolibga Moskva Milliy universiteti Axborot tahlil markazida yosh muharrir sifatida stajirovka oʻtash imkoniyati beriladi
  • 204
  • 0
  • Rus tili
  • Bepul
“МедИАЦия” yosh analitiklar laboratoriyasi: Millatlararo haftaligi

“МедИАЦия” yosh analitiklar laboratoriyasi: Millatlararo haftaligi

Oʻtkazilish vaqti: 21—25-sentabr, 2020-yil

Oxirgi muddat: 19-sentabr

Tashkilotchi: Moskva davlat universiteti postsovet huzuridagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni o'rganish bo'yicha Axborot-tahlil markazi

“МедИАЦия” yosh analitiklar laboratoriyasi: Millatlararo haftaligi Zoom platformasi, shuningdek Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifada striming qilib onlayn formatda boʻlib oʻtadi.

Laboratoriya maʼruzachilari yetakchi jurnalistlar, Rossiya oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari, ilmiy markazlarning mutaxassislari, Yevrosiyo kun tartibi va madaniyatlararo aloqa masalalari bilan shugʻullanadigan jamoat arboblari boʻlishadi.

Loyihaning barcha ishtirokchilariga kursni tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat beriladi, eng faol yosh analitiklar saytlarga mualliflik boʻyicha taklif oladilar va butun loyihaning gʻolibi (uchta laboratoriya natijalari boʻyicha eng yaxshisi) yosh muharrir sifatida Moskva Milliy universiteti Axborot tahlil markazida stajirovka oʻtash imkoniyatiga ega boʻladi.

Kategoriya

Forum