“Ladyʼs Academy” onlayn treningi

Mutaxassislardan tavsiyalar, ochiq debatlar, interaktiv muhokamalardan iborat 10 kunlik trening
  • 188
  • 1
  • Oʻzbek tili
  • 15000
“Ladyʼs Academy” onlayn treningi

Oʻtkazilish vaqti: 21-30-sentabr, 2020-yil.

Oxirgi muddat: 20-sentabr, 2020-yil.

Maqsadi:

  • Mamlakatimiz ayol va qizlarining jamiyat hayotidagi oʻrnini mustahkamlash;
  • Davlat boshqaruvi tizimida ham yosh xotin-qizlarning oʻrnini kuchaytirish, ularda rahbarlik-liderlik xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirish;
  • Ijtimoiy hayotda qizlar va ayollar hayotidagi kamchiliklar, muammolar va ularning yechimlari borasida mulohaza almashish.

Loyiha faoliyati davomida malakali psixologlar hamda mutaxassis notiqlar tomonidan 12 kun davomida belgilangan muayyan dars jadvali asosida trening audiolari maxsus yaratilgan kanalda berib boriladi. Bundan tashqari “Menda murojaat bor !“nomli kichik loyiha orqali ham xotin-qizlar istalgan mutaxassislarga savol va takliflarini berib, yetarli javob olishadi. Bu loyihada aynan belgilangan vaqt oraligʻida oʻzaro ochiq debatlar tashkil qilinishi ham koʻzda tutilgan.

Dastur yakunida loyiha ishtirokchilariga hamkor tashkilotlar tomonidan maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.

Yoʻnalishlar:

  • oratorlik;
  • lider ayol;
  • zamonaviy dunyo;
  • orzumdagi ayol obrazi;
  • ideal qiz;
  • biznes ledi yoxud ijodiy iqtisodiyot;
  • chegarasiz (imkoniyati cheklangan xotin-qizlar hayoti berib boriladi).

Kategoriya

Forum

Yoʻnalishlar