Koʻp qismli hujjatli filmlarni yaratish boʻyicha master-klasslar

Markaziy Osiyo davlatlari oliygohlarining jurnalistika fakulteti talabalari uchun
  • 71
  • 0
  • Rus tili
  • Bepul
Koʻp qismli hujjatli filmlarni yaratish boʻyicha master-klasslar

Tashkilotchi: CABAR.asia media maktabi

Oʻtkazilish tartibi: 

  1. 5—18-oktabr: arizalarni qabul qilish va ishtirokchilarni tanlash;
  2. 19—20-oktabr: arizalarni koʻrib chiqish, tanlov natijalari toʻgʻrisida ishtirokchilarni xabardor qilish;
  3. 20-oktabr: umumiy aloqa platformasini yaratish (Telegram chat);
  4. 26 oktabr—6-noyabr: tarkib boʻyicha ishlashni yaxshilash boʻyicha onlayn treninglar;
  5. 6-noyabr—11-dekabr: mini-hujjatli filmlar yaratish boʻyicha ishlar;
  6. 14-dekabr: hujjatli filmlarni taqdim etish;
  7. 18—21-dekabr: filmlarning taqdimoti (epidemiologik vaziyatga qarab onlayn yoki oflayn formatdagi festival).

Oxirgi muddat: 18-oktabr, 22:59 

Master-klass ishtirokchilari faktlarni tekshirish, hikoya qilish tamoyillari toʻgʻrisida yangi bilimlarga ega boʻladilar va professional ustozlar va prodyuserlik studiyalari bilan birgalikda hujjatli filmlarni suratga olishni oʻrganadilar. Eng yaxshi maʼruzachilar ssenariylar va kino olamiga kirib borishingizga yordam beradi.  

Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar:

  • Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarosi boʻlish;
  • jurnalistika fakulteti (yoki tegishli mutaxassislik) talabasi boʻlish;
  • internetga kirish va har kuni 2—4 soat davomida onlayn treninglarga ulanish;
  • jamoada ishlash qobiliyati;
  • yuqori motivatsiya;

Barcha savollar boʻyicha: +996550732173 (Telegram / Whatsapp), jazgul@iwpr.net bilan bogʻlaning.

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar