Tashkilotchi: Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
O'tkazilish sanasi: 15-yanvar, 15:00.
Platforma: Zoom.
Spiker: Alisher Rustamov — Savdo-sotuv, servis va menejment sohalarida 15 yillik tajribaga ega boʻlgan xalqaro toifadagi biznes-murabbiy.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ijtimoiy himoya boʻyicha qoʻshma dasturi (XMT, UNICEF, BMTTD) bolalar va kattalarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga qaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi BMTTDning ijtimoiy himoya qoʻshma dasturini amalga oshirish doirasida nogironlik masalalari boʻyicha tashkilotlar uchun Alisher Rustamovning “Biznesni boshlashdan avval nimalarni bilish kerak” mavzusidagi vebinariga taklif qiladi.
Kim uchun? Hunarmandlar, tadbirkorlar, yoshlar va ayollar, shuningdek nogironligi mavjud hunarmandlar va tadbirkorlar.