3 ta top ma'ruzachilar bilan "Gaplashamizmi?" loyihasining navbatdagi soni

Loyiha doirasida rahbar ayollar, lider xotin-qizlarning jamiyatga ijobiy ta'siri va ularning oila va shaxsiy kariyeralaridagi muvozanat mavzularida so'z boradi
  • 87
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
3 ta top ma'ruzachilar bilan

Tashkilotchi: Ziyo Forum

O'tkazilish sanasi: 15-yanvar 15:00

Manzil: Toshkent sh, Olmazor t, Talabalar k, Talabalar shaharchasi, Ziyo Forum ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Fondi binosi.

Rahbar xotin-qizlar sonining oshishi va ularning faolligi jamiyatga sezilarli ijobiy taʼsir koʻrsatishi tabiiy. Biz aynan shu sababdan quyidagi mavzularni yorituvchi uchrashuvni tashkil etyapmiz:

  • rahbar ayol tamoyillari;
  • oila va shaxsiy karyeradagi muvozanat;
  • lider xotin-qizlarning jamiyatga ijobiy taʼsiri.

Loyiha maʼruzachilari:

  1. Shahnoza Soatova – Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri maslahatchisi.
  2. Dilnozaxon Kattaxonova – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktor oʻrinbosari.
  3. Durdona Rahimova – Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari.
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling