Effort loyihasi haqida

Effort.uz saytida siz Oʻzbekiston va xorijdagi tadbirlar, tanlovlar, grantlar, xalqaro darajadagi seminarlar, taniqli tadbirkor va mutaxassislarning mahorat darslari hamda xorijda oʻqish bilan bogʻliq seminarlar va ularning oʻtkazilish vaqti, joyi va mazmuni haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.
Biz, Effort.uz jamoasi, ushbu platformani imkon boricha qulay qilib ishlab chiqishga harakat qildik va bu jarayon davom etmoqda. Kelajakda ushbu loyiha doirasida yana koʻplab foydali yangiliklarni taqdim etish niyatidamiz.
Man at the top of mountain

Loyiha maqsadi

  • Tadbir, seminar, forum, yoshlar uchrashuvlari va tanlovlar haqida xabardor qilish
  • Xorijdagi nufuzli yozgi maktablar va konferensiyalarda qatnashish, chet el kompaniyalarida stajirovka qilish imkoniyatlari haqida maʼlumot berish
  • Muvaffaqiyatga erishgan insonlar tajribasini oʻrganish va ular misolida shunday darajaga erishish mumkinligini koʻrsatib berish
  • Yoshlarni anʼanaviy taʼlim tizimidagi qobiqlardan chiqishga undash

"Har qanday mashaqqat va harakat besamar ketmaydi. U, albatta, qachondir sizni muvaffaqiyatga eltadi!"

  • 444 Tadbirlar
  • 90 Foydalanuvchilar
  • 6 Blog postlar